15.09.2021

“Saylov va yoshlar”

Joriy yilning 24 oktyabrida mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqеa – O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti saylovi bo’lib o’tadi. 

Saylov jarayonida targ’ibot-tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kitob tuman bo’linmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bo’lajak saylovni ochiq, oshkora va shaffof, umume'tirof etilgan xalqaro dеmokratik tamoyillar asosida hamda yuqori tashkiliy darajada o`tkazish borasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan 15 sentabr kuni “Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurtida “Saylov va yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida  Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kitob tuman bo’linmasi rahbari S.Sattorova, O’zMTDP tuman kengashi ijrochi kotibi B.Yorov, bilim yurtining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari M.Qosimov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 Davra suhbati so’ngida talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Оставить комментарий

Комментарии